2-bilet javoblari

2-biletning 20 ta savoli: to‘g‘ri javob yashil rang bilan belgilangan, har biriga YHQ bandi bo‘yicha izoh berilgan.

Biletni onlayn yechish
1Savol №21

Haydovchi yoʻlakay yoʻnalishda kimga transport vositasini taqdim etishi shart?

  1. 1Yoʻl xizmati xodimlariga
  2. 2Tibbiyot xodimlariga zudlik bilan tibbiy yordamga muxtoj boʻlgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun.

Izoh: YHQ 11-band.

2Savol №22
Qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?

Qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?

  1. 1Faqat «B»
  2. 2Faqat «A»
  3. 3«A» va «B»
  4. 4«A», «B», «V» va «G»
  5. 5«A», «B» va «V»

Izoh: YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimi 4.1.1. «Harakatlanish toʻgʻriga» belgisi yoʻl qismini boshlanishiga oʻrnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovli va yoʻlga tutash boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

3Savol №23
Qaysi belgi roʻpara harakatlanishning ustunligini bildiradi?

Qaysi belgi roʻpara harakatlanishning ustunligini bildiradi?

  1. 11
  2. 22
  3. 33
  4. 44
  5. 55

Izoh: YHQ 1-ilova 2-boʻlim 2.6 yoʻl belgisi.

4Savol №24
Qaysi belgi Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilaydigan talablari bekor qilinishini koʻrsatadi?

Qaysi belgi Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilaydigan talablari bekor qilinishini koʻrsatadi?

  1. 11
  2. 22
  3. 33
  4. 44
  5. 55

Izoh: YHQ 1-ilova 5-boʻlim 5.23 yoʻl belgisi.

5Savol №25
Oʻngga burilganda shu belgi bilan belgilangan tasmaga oʻtishga ruxsat etiladimi?

Oʻngga burilganda shu belgi bilan belgilangan tasmaga oʻtishga ruxsat etiladimi?

  1. 1Ruxsat etiladi
  2. 2Taqiqlanadi
  3. 3Agar tasma qolgan harakat qismidan yotiq sidirgʻa chiziq bilan ajratilmagan boʻlsa, ruxsat etiladi

Izoh: YHQ132-band.

6Savol №26
Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:

  1. 1Tramvay va avtobus, yengil avtomobil
  2. 2Tramvay, yengil avtomobil, avtobus
  3. 3Yengil avtomobil, tramvay va avtobus

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yoʻnaltirgich yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yoʻnalishlardagi transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

7Savol №27

Avtomobilning qaysi gʻildiraklari «sirpanib» tormozlanishga koʻproq moyil?

  1. 1Orqa gʻildiraklar
  2. 2Oldingi gʻildiraklar

Izoh: Ye.V.Bocharov "Bezopasnost dorojnogo dvijeniya"-46 str.Inertsiya kuchi taʼsiri ostida avtomobilni tormozlash vaqtida oʻqlarga tushadigan ogʻirlik qayta taqsimlanishi roʻy beradi. Old oʻqqa nisbatan ogʻirlik koʻpayadi, orqa oʻqqa esa nisbatan kamayadi. Tormozlash surʼati qanchalik baland boʻlsa, oʻqlarga tushadigan ogʻirlik qayta taqsimlanishi sezilarliroq boʻladi. Orqa oʻqda ogʻirlik kamayishi bilan gʻildirakni yoʻlga bosuvchi kuchi kamayadi; shunday ekan gʻildirakning sirgʻanish (aylanmasdan siljish) va avtomobilning surilib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old oʻqda ogʻirlik koʻpayishi gʻildirakni yoʻlga bosish kuchini koʻpaytiradi, shunday ekan, sirgʻanish ehtimoli kamayadi.

8Savol №28

Qaysi transport vositalarini qatnov qismining chetida ikki qator qoʻyish mumkin?

  1. 1Kajavasi boʻlmagan ikki gʻildirakli transport vositalarini
  2. 2Kajavali mototsikllarni
  3. 3«Nogiron» taniqlik belgisi boʻlgan yengil avtomobillarni
  4. 4Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan kam boʻlgan, bevosita trotuarlar boʻylab joylashgan savdo va boshqa korxonalarga xizmat qiluvchi yuk avtomobillarini

Izoh: YHQ 89-band.

9Savol №29

Qoʻl jarohatlanganda kiyim qanday tartibda kiydiriladi?

  1. 1Kiyim avval jarohatlangan qoʻlga, soʻngra sogʻiga kiydiriladi
  2. 2Kiyim ikkala qoʻlga baravar kiydiriladi
  3. 3Kiyim avval sogʻ qoʻlga, soʻngra jarohatlangan qoʻlga kiydiriladi

Izoh: Yu.V.Bashuyev.K.A.KarimovaBYOK.bet.33 b.20 Shikastlangan qoʻl yoki oyoqni majburiy harakatga solmasdan kiyim kiydirish imkonini yaratish uchun avval kiyim shikastlangan, soʻngra shikastlanmagan qoʻl yoki oyoqqa ehtiyotlik bilan kiydiriladi.

10Savol №30

Yuk avtomobillarida tashiladigan yuk shunday joylashtirilishi kerakki, u:

  1. 1Yukxona devorlaridan baland chiqmasligi kerak
  2. 2Shovqin solmasligi, chang koʻtarmasligi, yoʻlni va atrof muhitni iflos qilmasligi kerak
  3. 3Transport vositasining orqa oʻlchamidan 0,8 metrdan ortiq chiqib turmasligi kerak

Izoh: YHQ 162-band.

11Savol №31
Mazkur yoʻl belgisi bildiradi:

Mazkur yoʻl belgisi bildiradi:

  1. 1Yoʻlning trotuar yoki piyodalar yoʻlkasi boʻlgan qismini
  2. 2Yoʻlning piyodalar oʻtish joyi boʻlgan qismini

Izoh: YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimi 1.20-bandiga asosan, «Piyodalar oʻtish joyi» 5.16.1, 5.16.2 belgilari (yoki) 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyi.

12Savol №32
Qaysi transport vositalariga toʻxtab turishga ruxsat etilgan?

Qaysi transport vositalariga toʻxtab turishga ruxsat etilgan?

  1. 1Faqat mototsiklga
  2. 2Faqat toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobiliga
  3. 3Faqat yengil avtomobilga
  4. 4Yengil avtomobil va mototsiklga
  5. 5Barcha transport vositalariga

Izoh: YHQ 1-ilova 7-boʻlim 7.4.1 yoʻl belgisi.

13Savol №33
Ushbu yoʻl belgisi ogohlantiradi:

Ushbu yoʻl belgisi ogohlantiradi:

  1. 1Bir izli temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotganligi haqida
  2. 2Shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yoʻl kesishmasi borligidan
  3. 3Shlagbaum bilan jihozlanmagan ikki izli temir yoʻl kesishmasi borligidan

Izoh: YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.3.1 belgi «Bir izli temir yoʻl» – shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yoʻl kesishmasi haqida ogohlantiradi.

14Savol №34
Yashil avtomobil chorrahadan nechanchi boʻlib oʻtadi?

Yashil avtomobil chorrahadan nechanchi boʻlib oʻtadi?

  1. 1Ikkinchi
  2. 2Birinchi

Izoh: YHQ 15-bobi 99-bandiga asosan, svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻgʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

15Savol №35
Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?

  1. 1Mototsiklga
  2. 2Yuk avtomobiliga
  3. 3Avtobusga
  4. 4Yengil avtomobilga
  5. 5Yengil va yuk avtomobillariga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining QOʻLLARI YON TOMONGA UZATILGANDA YOKI TUSHIRILGANDA, chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi. Old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

16Savol №36
Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?

  1. 1Mototsikl haydovchisi
  2. 2Avtomobil haydovchisi

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yoʻnaltirgich yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yoʻnalishlardagi transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

17Savol №37

Harakat ikki tomonlama boʻlgan, uch tasmali yoʻlda Siz oʻngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi tasmadan amalga oshirasiz?

  1. 1Oʻng tasmadan
  2. 2Oʻrta tasmadan
  3. 3Oʻng yoki oʻrta tasmadan
  4. 4Oʻrta yoki chap tasmadan

Izoh: YHQ 56-band.

18Savol №38

Qaysi joylarda transport vositalariga qatnov qismining chetiga burchak ostida toʻxtab turishga ruxsat etiladi?

  1. 1Har bir yoʻnalishda ikkitadan tasmasi boʻlgan yoʻllarda
  2. 2Har bir yoʻnalishda uchta va undan koʻp tasmasi boʻlgan yoʻllarda
  3. 3Faqat bir tomonlama harakatli yoʻllarda
  4. 4Yoʻlning qatnov qismi kengaygan joylarda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan

Izoh: YHQ 89-band.

19Savol №39

Suyak singanda qotirib bogʻlash uchun nimadan shina sifatida foydalanish eng qulay?

  1. 1Bint
  2. 2Gazmol
  3. 3Taxta boʻlagi

Izoh: K.X.Azizov3 bob BYOK.bet.238 Suyaklar singanda shikastlangan qoʻl yoki oyoqni har qanday qattiq vosita yordamida mustahkamlab, harakatsizlantirish (immobilizatsiya qilish) lozim.

20Savol №40

Sutkaning qorongʻi vaqtida sunʼiy yoritilmagan yoʻllarda yoki yetarli koʻrinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga borishga ruxsat etiladimi?

  1. 1Alohida ehtiyotkorlik bilan borishga ruxsat etiladi
  2. 2Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 12-band.

4–50 biletlar javoblari — ilovada

Imtihon rejimi, xatolar ustida ishlash va yodlash kartochkalari. 1–3 biletlar bepul.