1-bilet javoblari

1-biletning 20 ta savoli: to‘g‘ri javob yashil rang bilan belgilangan, har biriga YHQ bandi bo‘yicha izoh berilgan.

Biletni onlayn yechish
1Savol №1
Qaysi avtomobil uchun bu belgilarning taʼsir oraligʻida toʻxtashga ruxsat etiladi?

Qaysi avtomobil uchun bu belgilarning taʼsir oraligʻida toʻxtashga ruxsat etiladi?

  1. 1Qizilga
  2. 2Ikkala avtomobilga
  3. 3Hech qaysi biriga
  4. 4Sariq avtomobilga

Izoh: YHQ 176-band,1-ilova3-boʻlim 3.27 yoʻl belgisi.

2Savol №2
Qaysi yoʻnaltirgichlar boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi yoʻnaltirgichlar boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. 1Faqat «A» yoʻnalish boʻylab
  2. 2Faqat «B» yoʻnalish boʻylab
  3. 3Faqat «V» yoʻnalish boʻylab
  4. 4Faqat «A» va «G» yoʻnalishlari boʻylab
  5. 5Faqat «G» yoʻnalish boʻylab

Izoh: «Harakatlanish toʻgʻriga» 4.1.1. belgisi yoʻl qismining boshlanishiga oʻrnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi oʻng tomonida joylashgan hovli va boshqa yondosh hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

3Savol №3

Tibbiyot qutichasi va oʻt oʻchirgichi boʻlmagan qanday transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. 1Faqat M1 toifali transport vositasi
  2. 2Faqat M2; M3; N1 toifali transport vositasi
  3. 3Faqat N2; N3 toifali transport vositasi
  4. 4Barcha yuqorida koʻrsatilgan toifalar

Izoh: YHQ 3-ilova 7.10-bandiga muvofiq, M1, M2, M3, N1, N2, N3 toifasidagi transport vositalarida tibbiyot qutichasi (aptechka), oʻt oʻchirgich, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi (falokat taniqlik belgisi) yoki miltillovchi qizil chiroq va nur qaytargichli kamzul (jilet) boʻlishi kerak.

4Savol №4
Chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi:

Chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi:

  1. 1Qizil avtomobil
  2. 2Koʻk avtomobil
  3. 3Sariq avtomobil
  4. 4Yashil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

5Savol №5
Harakatlanish taqiqlangan:

Harakatlanish taqiqlangan:

  1. 1Qizil va oq avtomobillarga
  2. 2Koʻk, yashil va oq avtomobillarga
  3. 3Oq, koʻk va sariq avtomobillarga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda, chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

6Savol №6
Chorrahani birinchi boʻlib kesib oʻtadi?

Chorrahani birinchi boʻlib kesib oʻtadi?

  1. 1Avtomobil va avtobus haydovchisi
  2. 2Tramvay haydovchisi

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yoʻnaltirgich yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yoʻnalishlardagi transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

7Savol №7
Shu joyda toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?

Shu joyda toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?

  1. 1Ruxsat etiladi
  2. 2Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 91-band.

8Savol №8

Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligi eng kamida boʻlishi shart:

  1. 10,7 metr
  2. 21 metr
  3. 31,3 metr

Izoh: YHQ 153-band

9Savol №9

Umurtqa pogʻonasining koʻkrak sohasi shikastlangan jabrlanuvchini transportda qanday tashish kerak?

  1. 1Qattiq taxtada orqasi bilan yotgan holda
  2. 2Yumshoq toʻshamada orqasi bilan yotgan holda
  3. 3Qattiq taxtada yoni bilan yotgan holda

Izoh: Avtotest 2.0- 4.7 Umurtqa pogʻonasi shikastlanganda orqa (umurtqa) miyani jarohatlanishidan saqlab qolish uchun umurtqa pogʻonalarining bir-biriga nisbatan siljishini oldini olish muhimdir. Umurtqaning minimal qoʻzgʻalishini taʼminlash uchun jarohatlangan kishini qattiq tekislikka joylashtirib, uning harakatini imkon darajada cheklash lozim.

10Savol №10
Bunday taniqlik belgisi bilan belgilanadigan transport vositasi:

Bunday taniqlik belgisi bilan belgilanadigan transport vositasi:

  1. 1Ogʻir vaznli va yirik oʻlchamli yuklarni tashuvchi
  2. 2Uzunligi yuk bilan yoki yuksiz 20 metrdan ortiq boʻlgan transport vositasi
  3. 3Furgon yukxonasida odamlarni tashuvchi

Izoh: YHQ 176-band

11Savol №11

Zargʻaldoq yoki sariq rangli yalt - yalt etuvchi mayoqchasi yoqilganligi transport vositalariga harakatlanishda imtiyoz beradimi?

  1. 1Beradi
  2. 2Bermaydi

Izoh: YHQ 28-band.

12Savol №12
Qaysi javobda ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari toʻgʻri koʻrsatilgan?

Qaysi javobda ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari toʻgʻri koʻrsatilgan?

  1. 1Faqat chapga
  2. 2Faqat toʻgʻriga
  3. 3Faqat oʻngga
  4. 4Toʻgʻriga, oʻngga va qayrilib olishga

Izoh: YHQ 1-ilova 3-boʻlim 3.2 yoʻl belgisi va 7-boʻlim 7.3.2 yoʻl belgisi .

13Savol №13
Mazkur chiziq nima haqida ogohlantiradi?

Mazkur chiziq nima haqida ogohlantiradi?

  1. 1Transport vositalarining majburiy toʻxtash joyiga yaqinlashayotganligini
  2. 2«Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan birga qoʻllanilganda, haydovchini «Toʻxtash» chizigʻiga yaqinlashayotganligini
  3. 3Transport vositasi piyodalarga yoʻl berishi kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi

Izoh: YHQ 2-ilovasidagi 1.21 chizigʻi talabiga asosan, «toʻxtash» yozuvi – 2.5 «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan birga qoʻllanilganda, haydovchini 1.12 chizigʻiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.

14Savol №14

Avtomagistralda quyidagilar taqiqlanadi:

  1. 1Ajratuvchi boʻlakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish
  2. 2Orqaga harakatlanish
  3. 3«Toʻxtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgilari boʻlgan maxsus maydonchalardan tashqari joyda toʻxtash
  4. 4Yuqoridagi barcha holatlar

Izoh: YHQ 121-band.

15Savol №15
Qaysi transport vositasining haydovchisi toʻgʻriga harakatlanish huquqiga ega?

Qaysi transport vositasining haydovchisi toʻgʻriga harakatlanish huquqiga ega?

  1. 1Avtobus va mototsikl haydovchilari
  2. 2Yengil va yuk avtomobillari haydovchilari
  3. 3Yengil avtomobil haydovchisi

Izoh: YHQ 38-band.

16Savol №16
Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?

  1. 1Avtomobil haydovchisi
  2. 2Tramvay haydovchisi

Izoh: YHQ 100-band.

17Savol №17

Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?

  1. 1Harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik. Harakat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
  2. 2Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
  3. 3Transport vositasida tumanga qarshi orqa chiroqlar boʻlsa, ularni yoqish
  4. 4Gabarit chiroqlarini yoqish

Izoh: YHQ 9-bobi 63-bandiga asosan, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashi va boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tugʻilganda, haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi mumkin.

18Savol №18

Yoʻlning qarama-qarshi harakat yoʻnalishi tomoniga chiqish qachon taqiqlanadi?

  1. 1Ikki tomonlama harakatli, 4 ta yoki undan koʻp tasmali yoʻllarda
  2. 2Ikki tomonlama harakatli, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimlari ikkita uzluksiz chiziqlar bilan ajratilgan 4 ta tasmali yoʻllarda
  3. 3Yuqoridagi barcha hollarda

Izoh: YHQ 65-band.

19Savol №19

Qaysi holatda egri yoʻlda harakatlanayotgan avtomobil turgʻunligi taʼminlanadi?

  1. 1Uzatma ulangan holatda
  2. 2Uzatma ajratilgan holatda
  3. 3Tezlik oshirilganda

Izoh: V.I.Konoplyanko Burilishda harakatlanayotgan avtomobilda markazdan qochma kuch vujudga keladi. Burilish oʻng tomonga boʻlgan holda siz qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish boʻlagiga, chap tomonga boʻlsa, yoʻl yoqasi yoki uning tashqarisiga chiqib ketishingiz ehtimoli mavjud. Uzatma ajratilgan holatda avtomobil oʻzi harakatlanib, uni boshqarish murakkablashadi. Shu bois burilishga yaqin masofa qolganda, uning tikligini va tezligingizni baholab, uzatma mexanizmini ajratmay harakatni davom ettiring.

20Savol №20

Qaysi shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. 1Gidravlik tormoz tizimidan suyuqlik oqayotgan boʻlsa
  2. 2Ishchi tormoz tizimi samaradorligi talabga javob bermaydi
  3. 3Kompressor pnevmatik tormoz tizimida oʻrnatilgan bosimni taʼminlay olmagan holatda
  4. 4Koʻrsatilgan barcha holatlarda

Izoh: YHQ 3-ilovasi 1-boʻlim 1.3, 1.4-bandlariga asosan, transport vositasidan foydalanishni taqiqlovchi holatlar: gidravlik tormoz uzatmasining zichligi (germetikligi) buzilgan boʻlsa. Pnevmatik tormoz uzatmasining zichligi buzilishi natijasida havo siquvchi moslama (kompressor) ishlamay turganda va boshqaruv qismlari ulanmaganda – 30 daqiqada, ulanganida – 15 daqiqada tizimdagi havo bosiminig 0,05 MP (0,5 kg/kv.sm)dan koʻp pasayishiga sabab boʻlsa. YHQ 2-bobi 12-bandi asosan, transport vositasining tormoz tizimi yoki boshqaruvi ishdan chiqsa, transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

4–50 biletlar javoblari — ilovada

Imtihon rejimi, xatolar ustida ishlash va yodlash kartochkalari. 1–3 biletlar bepul.