Video darslar · №4
1-bilet, 4-savol
Chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi:
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Qizil avtomobil
- 2Koʻk avtomobil
- 3Sariq avtomobil
- 4Yashil avtomobil
Nega shunday?
- 1Bu chorrahada na svetofor, na belgi bor — yo‘llar teng ahamiyatli.
- 2Bunday chorrahada qoida bitta: o‘ng tomoningizdan kelayotganga yo‘l bering.
- 3Yashil avtomobilning o‘ng tomoniga qarang — u yerda hech kim yo‘q.
- 4Ko‘k va qizil avtomobillarning o‘ng tomonida yashil turibdi, sariqning o‘ng tomonida esa ko‘k va qizil. Ular kutadi.
- 5Yashil hech kimga yo‘l bermaydi — shuning uchun u birinchi o‘tadi.
YHQ izohi: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.