Prava Test UZ Android · APK

Prava Test UZ — Android uchun

Haydovchilik guvohnomasi imtihoniga telefoningizda tayyorlaning: 1000 ta asl savol, 50 bilet, imtihon rejimi va yodlash kartochkalari.

APK’ni yuklab olish

Versiya 4.0.0 · 62 MB · Android 7.0 va yuqori

Ilova Google Play’da emas — uni shu yerdan, rasmiy saytimizdan yuklab olasiz.

1000 ta asl savol
50 bilet, o‘zbek va rus tillarida
Imtihon rejimi
Haqiqiy imtihondek: vaqt va xatolar chegarasi
Yodlash
Kartochkalar va xatolar ustida ishlash
1–3 biletlar bepul
Ro‘yxatdan o‘tmasdan

Qanday o‘rnatiladi

  1. 1“APK’ni yuklab olish” tugmasini bosing va fayl yuklanishini kuting.
  2. 2Yuklangan faylni oching — bildirishnomadan yoki “Yuklanmalar” (Downloads) papkasidan.
  3. 3Telefon ruxsat so‘rasa, “Sozlamalar”ga o‘ting va shu brauzer uchun “Noma’lum ilovalarni o‘rnatish”ni yoqing.
  4. 4“O‘rnatish”ni bosing. Google Play Protect ogohlantirsa, “Batafsil” → “Baribir o‘rnatish”ni tanlang.

4.0.0 versiyada yangi

  • Yangi dizayn va Prava Test UZ logotipi
  • Telegram orqali kirish — parol va SMS kerak emas
  • To‘liq kirish Click orqali: 59 900 so‘m (−80% chegirma, 299 000 o‘rniga) — umrbod obuna
  • Javoblardagi videolar tezroq ochiladi
  • Hisobni ilovaning o‘zida o‘chirish mumkin

Yangilash

Oldingi versiya o‘rnatilgan bo‘lsa, yangisi uning ustidan o‘rnatiladi — ilovani o‘chirish shart emas.

APK’ni yuklab olish

Boshqa qurilmalarda

iPhone uchun ilova App Store’da. Brauzerdagi veb-versiya va Telegram bot ham ishlaydi — hisob va to‘liq kirish hamma joyda bir xil.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Ilova bepulmi?

Ha, yuklab olish bepul, 1–3 biletlar ham bepul. Barcha 50 bilet, imtihon rejimi va yodlash to‘liq kirishda ochiladi.

Qaysi telefonlarda ishlaydi?

Android 7.0 va undan yangi telefonlarda. Ilova hajmi — 62 MB.

Nega Google Play’da yo‘q?

Ilova hozircha to‘g‘ridan-to‘g‘ri, rasmiy saytimiz orqali tarqatiladi. Har bir yangi versiya shu sahifaga joylanadi va eskisi ustidan o‘rnatiladi.

APK’ni qayerdan yuklash xavfsiz?

Faqat shu sahifadan — pravaapp.uz’dan. Bu Prava Test UZ’ning o‘zi chiqargan fayl; boshqa saytlardagi nusxalarni o‘rnatmang.

Savollar haqiqiy imtihondagidek?

Ha. 1000 ta savol — asl imtihon savollari, 1:1: matni, rasmlari va to‘g‘ri javoblari bilan. 50 ta biletga 20 tadan bo‘lingan.