1-bilet, 19-savol
Qaysi holatda egri yoʻlda harakatlanayotgan avtomobil turgʻunligi taʼminlanadi?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Uzatma ulangan holatda
- 2Uzatma ajratilgan holatda
- 3Tezlik oshirilganda
- 1Burilishda markazdan qochma kuch avtomobilni tashqariga itaradi.
- 2Uzatma ulangan bo‘lsa, g‘ildiraklar dvigatel bilan bog‘langan: mashina tortib turadi va rulga yaxshi bo‘ysunadi.
- 3Neytralda esa avtomobil o‘zicha ketadi va uni boshqarish qiyinlashadi. Tezlikni oshirish esa sirpanish xavfini oshiradi.
YHQ izohi: V.I.Konoplyanko Burilishda harakatlanayotgan avtomobilda markazdan qochma kuch vujudga keladi. Burilish oʻng tomonga boʻlgan holda siz qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish boʻlagiga, chap tomonga boʻlsa, yoʻl yoqasi yoki uning tashqarisiga chiqib ketishingiz ehtimoli mavjud. Uzatma ajratilgan holatda avtomobil oʻzi harakatlanib, uni boshqarish murakkablashadi. Shu bois burilishga yaqin masofa qolganda, uning tikligini va tezligingizni baholab, uzatma mexanizmini ajratmay harakatni davom ettiring.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.