Video darslar · №5

1-bilet, 5-savol

Harakatlanish taqiqlangan:

Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.

Javob variantlari

  1. 1Qizil va oq avtomobillarga
  2. 2Koʻk, yashil va oq avtomobillarga
  3. 3Oq, koʻk va sariq avtomobillarga
Nega shunday?
  1. 1Tartibga soluvchi ikki qo‘lini yon tomonga uzatgan.
  2. 2Bunda uning ko‘kragi va orqasi tomonidan yurish taqiqlanadi — bular yashil va oq avtomobillar.
  3. 3Chap va o‘ng yonidan esa faqat to‘g‘riga va o‘ngga yurish mumkin.
  4. 4Ko‘k avtomobil chapga burilish chirog‘ini yoqqan, chapga esa mumkin emas — u ham turadi. Qizil va sariq yura oladi.

YHQ izohi: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda, chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Barcha video darslar — ilovada

Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.