Video darslar · №34

2-bilet, 14-savol

Yashil avtomobil chorrahadan nechanchi boʻlib oʻtadi?

Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.

Javob variantlari

  1. 1Ikkinchi
  2. 2Birinchi
Nega shunday?
  1. 1Svetofor ishlayapti, demak ustunlik belgilariga emas, svetoforga qaraymiz. Yashil yonib turibdi.
  2. 2Yashil avtomobil chapga burilish chirog‘ini yoqqan.
  3. 3Qarshidan esa ko‘k avtomobil to‘g‘riga kelyapti.
  4. 4Chapga burilayotgan qarshidan to‘g‘riga va o‘ngga ketayotganlarga yo‘l beradi. Shuning uchun yashil ikkinchi o‘tadi.

YHQ izohi: YHQ 15-bobi 99-bandiga asosan, svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻgʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Barcha video darslar — ilovada

Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.