Video darslar · №36
2-bilet, 16-savol
Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Mototsikl haydovchisi
- 2Avtomobil haydovchisi
Nega shunday?
- 1Mototsikl uchun asosiy yashil ishora yonib turibdi.
- 2Avtomobil uchun esa qizil — u faqat qo‘shimcha yashil strelka bo‘yicha yuryapti.
- 3Strelka bo‘yicha yurgan har kim boshqa yo‘nalishdagilarga yo‘l berishi shart.
- 4Shuning uchun avtomobil to‘xtab, mototsiklni o‘tkazib yuboradi.
YHQ izohi: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yoʻnaltirgich yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yoʻnalishlardagi transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.