Video darslar · №22
2-bilet, 2-savol
Qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Faqat «B»
- 2Faqat «A»
- 3«A» va «B»
- 4«A», «B», «V» va «G»
- 5«A», «B» va «V»
Nega shunday?
- 1Avtomobil oldida «Harakatlanish to‘g‘riga» belgisi turibdi.
- 2To‘g‘riga — bu «B» yo‘nalishi. Unga yurish mumkin.
- 3Belgi o‘ngdagi hovli va binolarga kirishni taqiqlamaydi. Shuning uchun avtomoykaga — «A» yo‘nalishiga ham mumkin.
- 4Chapga — «V» va «G» tomonga esa burilish taqiqlanadi.
YHQ izohi: YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimi 4.1.1. «Harakatlanish toʻgʻriga» belgisi yoʻl qismini boshlanishiga oʻrnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovli va yoʻlga tutash boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.