Video darslar · №27

2-bilet, 7-savol

Avtomobilning qaysi gʻildiraklari «sirpanib» tormozlanishga koʻproq moyil?

Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.

Javob variantlari

  1. 1Orqa gʻildiraklar
  2. 2Oldingi gʻildiraklar
Nega shunday?
  1. 1Keskin tormoz berilganda avtomobilning og‘irligi oldinga ko‘chadi.
  2. 2Old g‘ildiraklar yo‘lga kuchliroq bosiladi, orqa g‘ildiraklar esa yengillashadi.
  3. 3Yengil bosilgan orqa g‘ildiraklar tezroq qotib, sirpanib ketadi.

YHQ izohi: Ye.V.Bocharov "Bezopasnost dorojnogo dvijeniya"-46 str.Inertsiya kuchi taʼsiri ostida avtomobilni tormozlash vaqtida oʻqlarga tushadigan ogʻirlik qayta taqsimlanishi roʻy beradi. Old oʻqqa nisbatan ogʻirlik koʻpayadi, orqa oʻqqa esa nisbatan kamayadi. Tormozlash surʼati qanchalik baland boʻlsa, oʻqlarga tushadigan ogʻirlik qayta taqsimlanishi sezilarliroq boʻladi. Orqa oʻqda ogʻirlik kamayishi bilan gʻildirakni yoʻlga bosuvchi kuchi kamayadi; shunday ekan gʻildirakning sirgʻanish (aylanmasdan siljish) va avtomobilning surilib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old oʻqda ogʻirlik koʻpayishi gʻildirakni yoʻlga bosish kuchini koʻpaytiradi, shunday ekan, sirgʻanish ehtimoli kamayadi.

Barcha video darslar — ilovada

Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.