Video darslar · №42
3-bilet, 2-savol
Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish huquqiga ega?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Yuk avtomobili haydovchisi
- 2Avtobus haydovchisi
Nega shunday?
- 1Ko‘prik tor — ikki transport bir vaqtda sig‘maydi.
- 2Avtobus oldida «Ro‘para harakatlanishning ustunligi» belgisi turibdi.
- 3Bu belgi bo‘yicha avtobus qarshidan kelayotgan yuk avtomobiliga yo‘l berishi shart.
YHQ izohi: YHQ 1-ilovasi 2.6 belgisiga asosan, «Roʻpara harakatning ustunligi» qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirishga taqiqlaydi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.