Video darslar · №52
3-bilet, 12-savol
Bu joyda hovliga burilishga ruxsat etiladimi?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Ruxsat etiladi
- 2Taqiqlanadi
Nega shunday?
- 1Yo‘l o‘rtasidagi chiziqqa qarang: bir tomoni sidirg‘a, ikkinchi tomoni uzuq.
- 2Uzuq tomoni yuk avtomobili tomonida. Bunday chiziqni uzuq tomondan kesib o‘tish mumkin.
- 3Demak, chapdagi hovliga burilish ruxsat etiladi. Faqat qarama-qarshi tasmadagi avtobusga xalaqit bermang.
YHQ izohi: YHQ 2-ilova 1-boʻlim 1.11 yotiq chizigʻi
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.