Video darslar · №56

3-bilet, 16-savol

Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.

Javob variantlari

  1. 1Faqat qizil avtomobilga
  2. 2Barcha transport vositalariga
  3. 3Qizil, koʻk va yashil avtomobillarga
Nega shunday?
  1. 1Tartibga soluvchi o‘ng qo‘lini oldinga uzatgan, u yashil avtomobil tomonga qarab turibdi.
  2. 2Ko‘kragi oldidagi yashil faqat o‘ngga burila oladi, chap yonidagi qizil va ko‘k esa istalgan tomonga yuradi.
  3. 3O‘ng yonidagi sariq va orqasidagi oq avtomobil esa turadi.

YHQ izohi: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, OʻNG QOʻLI OLDINGA UZATILGANDA, chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda, oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat etiladi. Orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Barcha video darslar — ilovada

Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.